Back

ⓘ Sanat



Sanat
                                     

ⓘ Sanat

Sanat - ijtimoiy ong va inson faoliyatining oziga xos shakli. Sanat qadimiy tarixga ega bolib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy sanatning dastlabki izlari songgi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40 - 20ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki manaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning osishi natijasida sanat alohida soha sifatida astasekin ajrala bordi.

sanat odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat azolarini malum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuygu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. Sanat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan ozining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan orni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va manaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanat narsa va hodisalarni qanday bolsa shunday aks ettirish va hayotni gozallik qonunlari asosida badiiy ifodalash goyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, manaviy, milliy dunyosi sanat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga malum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va oz estetik bahosini beradi.

sanatni tushunish, uning kiplutar hayotidagi ornini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab bolgan. Shunga kora, sanat mazmuni obyektiv va subyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. Sanatning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. Sanat - inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga gozallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, organish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga ozgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi gozallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi manaviy koprik, muloqot! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, ularda malum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. Sanat jamiyat manaviy hayotining boshqa hodisalari bilan malum darajada boglikdir. Sanatning maqsadi dunyoni badiiy ozlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni manaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Sanat asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va ozaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham sanat asarlari beradigan marifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan malumotlardan farqqiladi. Sanatning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir oquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uygotishidadir.

S turli korinishlari bilan oziga xos badiiyestetik qadriyatlarni toplash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bolgan estetik tizimni tashkil etadi. Sanat tasviriy sanat, memorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni oz ichiga oladi. Sanatning turlari oz predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bolib til xizmat qiladi; tasviriy sanatda boyok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda oz aksini topadi. Sanat barcha ijtimoiy ong shakllari singari oz taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar sanatning oz ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan bogliq bolgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarda oz ifodasini topadi. Sanat qonuniyatlarini estetika, sanatshunoslik organadi.

Kuchma manoda - faoliyatning barcha sohalariga xos yuksak mahorat "sanat" deb tushuniladi. Mas, bahs yuritish sanat i, urush olib borish Si, rahbarlik Si., notiqlik Si va h.k.

                                     

1. Adabiyot

  • Aristotel, Poetika ruschadan M. Mahmudov va U. Tuychiyev tarjimasi, T., 1980; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv Ozbekistana, M., 1965; Mahmudov T., Estetika i duxovnie sennosti, T., 1992.

Tilab Mahmudov.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →