Back

ⓘ Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya



Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
                                     

ⓘ Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya - turli mamlakat va rayonlarda i.ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini organadigan fan. Uning asosiy vazifalari i.ch. va aholi hayoti bilan bogliq soxalarning joylanishiga tasir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat - i.ch.ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, I. va i.g. ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xojalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni organadi.

I. va i.g. geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogliq. Uning tabiiy sharoitlarni organuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.

I. va i.g. umumiy, sohalar yoki xojalik tarmoklari geogr.si, jahon xojaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g. ga bolinadi.

Umumiy I. va i.g. ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini organadi.

Soha I. va i. g. da sanoat geografiyasi, q.x. geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat korsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar shakllanmoqda.

Regional I. va i.g. aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oz ichiga oladi.

Ozbekistonda I. va i.g.ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yonalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu manoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy goyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga otish davrida i.ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi osish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir.

Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogliq. Uning ozi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini organadi. Aholi geogr.sining deyarli barcha masalalari I. va i.g. doi-rasida organilishi mumkin. Aholi geogr.si I. va i.g.ning boshqa tarmoqlari orasida alohida orin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g.ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. organadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei kop jihatdan malum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xojalik hayotiga katta tasir korsatadi.

Iqtisodiy geografik malumotlar antik davr va orta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i.ch.ning ixti-soslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogliq. I. va i.g.ning ahamiyati shorolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan kopgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga otish davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g.ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ch. tarmoklarining joylashishi organilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi; 2) muayyan hudud mamlakat, r-n, aholi punkti aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga organiladi; 3) tabiiy-geografik sharoit al-batta etiborga olinadi; 4) tadqiqot jarayonida masalaning hududiy geografik tomoniga alohida ahamiyat beriladi. I. va i.g. tabiiy geografiya bilan be-vosita bogliq. Organilayotgan mamlakat yoki r-nning tabiiy sharoiti, foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin bolgan tabiiy resurelarini bilish zarur. Chunki tabiiy sharoit xojalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish xususiyatlari ga katta tasir korsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va re-surelarga iqtisodiy baho berish muhim orin tutadi.

I. va i.g.da iqtisodiy va ijtimoiy haritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu yonalishdagi haritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. I. va i.g. oz tad-qiqotlarida tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi bilan bevosita aloqador. I. va i.g. kopgina boshqa fanlar bilan ham bogliq.

Ozbekistonda ham ananaviy I. va i.g., kopgina jahon mamlakatlarida bolganidek, asta-sekin oz tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda I. va i.g. kichik masshtabli tadqiqotlardan yirik masshtabli taxlilga, orta va kichik hududlarni chuqur organishga, amaliy konstruktiv masalalarni hal etishga ham ahamiyat bermoqda.

I. va i.g. yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogliq. Bu ikki fanning tadqiqot obyekti bir, yani i. ch.ning hududiy tarkibi va joylashishidir. I. va i.g. ushbu muammoni keng kolamda - jahon xojaligi, mamlakat va r-nlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar doirasida organadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan r-nlar xojaligi bilan shugullanadi. Agar I. va i.g. iqtisodiylashgan geogr. bolsa, regional iqtisodiyot geografiylashgan hududiylashgan iqtisodiyotdir.

I. va i.g.ning tadqiqot va xulosalari i. ch.ni maqsadga muvofiq joylashtirishga imkon beradi. I.ch.ni hududiy tashkil qilish va taqqoslashda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri bilan bogliq bolgan i.ch. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Kop jihatlarni hisobga olib yondashish I. va i.g.ning bosh tamoyilidir. I. va i.g.ning muhim tushunchalaridan biri bolgan hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli bolgan iqtisodiy r-nlar va ularning ichki aloqalari, r-nlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini organish ham I. va i.g.ning muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy r-nlarni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Iqtisodiy r-n esa I. va i.g.ning asosiy tu-shunchasidir.

Umumiqtisodiy r-nlar, sanoat va q.x. r-nlari, sanoat markazlari mamlakatda i.ch.ni joylashtirish va hududiy mehnat taqsimotini tashkil qilish bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari sifatida tashkil topadi.

Hududiy mehnat taqsimoti I. va i.g. ning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.

I. va i.g. hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy r-nlardan tashqari hududiy i.ch. majmualari va iqtisodiy geografik orin ni ham tadqiq etadi. Hududiy i.ch. majmualarini togri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlikni taminlaydi.

I. va i.g. oz tadqiqotlarida bir qancha ananaviy va hozirgi zamon i. t. metodlaridan foydalanadi. Geografik taq-qoslash, haritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar shular jumlasidandir. Ozbekiston va uning iqtisodiy r-nlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini organish va xojalikning turli tarmoklarini joylashtirish boyicha yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Ozbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni organuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiygeografik malumotlar toplangan. Ozbekiston I. va i.g.si boyicha 3. M. Akramov, A. S Soliyev, A. Roziyev va b.ning asarlari mavjud. Ozbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat tashkilotlari, FA institutlari, i.t. va loyihalash intlarida respublika i.ch.ini joylashtirish muammolarini hal qilishda hamda xalq talimi sistemasida bevosita faoliyat korsatib kelmoqda. Yuqori malakali iqtisodchi-geo-graflar va geograflar Ozbekiston Milliy universiteti, Samarkand, Fargona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. I. va i.g. boyicha i. t. ishlari ham ana shu oliy oquv yurtlarida, Ozbekiston FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geogr. bolimi va b. tashkilotlarda olib boriladi.

I. va i.g. oldida turgan asosiy vazifalar Ozbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga otishidan bevosita kelib chiqib, yangi sharoitda i.ch.ni joylashtirish va boshqarishning nazariy masalalarini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni hududiy tashkil qilish muammolarini tadqiq qilish, mamlakatni iqtisodiy r-nlashtirish va uning regional siyosatini yaratish, iqtisodiy-geografik ba-shorat boyicha tadqiqotlarni kuchaytirish, jahon mamlakatlari ortasidagi mehnat taqsimoti masalalarini organishdan iborat.

                                     

1. Adabiyot

  • Soliyev A. S, Iqtisodiy va ijti-moiy geografiyaning dolzarb masalalari, T., 1995; Soliyev A. S, Qarshiboyeva L. Q., Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari, T., 1999; Saushki n Yu. G., Vvedeniye v ekonomicheskuyu geografiyu, 2 izd. M., 1970; Soliyev A. S, M ahamadal i-yev R., Iqtisodiy geografiya asoslari, T., 1996.

Abdusami Soliyev.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →