Back

ⓘ Amaliy geografiya



                                     

ⓘ Amaliy geografiya

Amaliy geografiya – hozirgi zamon geografik tadqiqot yonalishlaridan biri. A.g. hududlar tabiiy sharoitlarini har xil amaliy maqsadlarda – yerdan qishloq xojaligida foydalanish, yol, shahar va sanoat inshootlari qurish odamlarning turmush sharoitlari va sogligiga mos kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan organadi. A.g. tadqiqotlari uch asosiy yonalishda: agrogeografik, muhandislik-geografik va tibbiy-geografik yonalishlarda olib boriladi. Agrogeografik tadqiqotlar yerlarni sugorish yoki quritish, yaylov chorvachi-ligi, bahorikor dehqonchilik, tuproqni zararli tabiiy jarayonlar ta’siridan, suv va shamol eroziyasidan saqlash kabi masalalarni organadi. Tuproqlari, r-lefi, iqlimi, osimliklari va yogin miqdori kabi xususiyatlariga kora muhim bolgan joylar maxsus haritalarda alohida ajratib korsatiladi. Agro-geografik tadqiqotlar Ozbekistonda – Makroiqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot bolimi, xu-susan, Toshkent, Samarqand, Fargona universitetlarining geografiya fakultetlarida olib boriladi.Muhandislik-geografik tadqiqotlar hududlarning tabiiy sharoitlariga har xil muhandislik inshootlari ni joylashtirish imkonini organadi. Ozbekistonda yol, kanal, shaharlar, sanoat binolarini qurishda, yerning qiyaligi va relefning notekisligi, lyoss gruniversitetlarning chokish ehtimoli, qum kochishlari va tez-tez bolib turadigan kuchli shamollar hisobga olinadi. Bunda geograf tabiat hodisalari ora-sidagi boglanishlar va qonuniyatlarni aniqlaydi. Chunonchi, Ozbekistonning janubidagi qurgoqchil hududlarida lyoss kop qavatli uylar, zavod va boshqa inshootlar uchun mustahkam zamin bola oladi. Le-kin respublikaning sernam tog oldi rayonlarida lyoss mustahkam emas, tez chokadi, natijada inshootlar deformasiyaga uchraydi. Qizilqumda yol qurish loyihalari tuzishda shamollar rejimini, qum harakatining tezligini va qum relefi shakllarini, qum kochishiga yol bermaydigan osimlik turlarini bilish shart. Agar qurilish oldidan mutaxas-sis bunday ma’lumotlarga ega bolmasa, u holda yol qum keltiruvchi shamollar zonasiga tushib, tez-tez qum bosib qolishi mumkin.Tibbiy-geografik tadqiqotlar, ayniqsa, yangidan ozlashtirilayotgan yerlarning tibbiy-geografik basho-rat haritasini tuzish muammolari bilan shugullanadi. Geografik tadqiqotning bu sohasi mahalliy geografik sha-roit bilan bogliq vabo, tulyaremiya, en-sefalit, buqoq kasalliklarining tarqalish qonuniyatlarini organishda muvaffaqiyatlarga erishdi.Potihkamol Gulomov.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →