Back

ⓘ Biznes-vestnik vostoka



                                     

ⓘ Biznes-vestnik vostoka

Biznes-vestnik vostoka, "BVV" - ishbilarmon va tadbirkorlarning haftalik gazetasi. Toshkentda 1991 yil avg.dan rus tilida nashr etiladi. Ozbekiston Respublikasining iqtisodiyoti, savdo, moliya tizimi, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, shuningdek tijorat sohasida ish yurituvchilar faoliyatini yoritadi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari va koplab reklamalar, maslahatlar, jumladan, Orta Osiyo tovar bozori haqida malumotlar, Orta Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy islohotlar, xususan, iqtisodiyotga oid meyoriy qonun hujjatlariga sharhlar beradi. Birja byulletenlari, malumotlarini chop etadi. Sharq va Garb, uzoq va yaqin xorij mamlakatlari iqtisodiyotining muhim qirralari, mamlakatlararo hamkorlik munosabatlari, Ozbekistonning eng yaxshi firmalari va ishbilarmonlari haqida materiallar beradi. "BVV" Internet aloqa tizimidan foydalanadi. Adadi 10 mingdan ortiq nusxa. MDH va Boltiqboyi mamlakatlarida ham oz obunachilariga ega.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →