Back

ⓘ Siyosat



                                               

Kanada Konservativ Partiyasi

Kanada Konservativ Partiyasi Kanadadagi siyosiy partiya bolib, 2003-yili Kanada Alyansi va Kanada Ilgor Konservativ Partiyasi qoshilishi natijasida tashkil topgan. Ong-qanot siyosat yuritadi. Partiya 2008-yilgi federal saylovda 37.6% ovoz yigdi. 2011-yilgi saylovda partiya birinchi marta parlamentda kopchilik joyni egalladi. Partiyaning hozirgi rahbari - Stephen Harper.

                                               

Demokratik Safarbarlik Partiyasi

Demokratik Safarbarlik Partiyasi Qibrisdagi siyosiya partiyalardan biri bolib, ong-markaz siyosat yuritadi. Partiya rahbari - Nikos Anastasiades. Partiyaga 1976-yili 4-iyulda Glafkos Klerides tomonidan asos solingan. Klerides 1993 - 2003-yillar davomida Qibris prezidenti bolib xizmat qilgan. Demokratik Safarbarlik Partiyasi 2011-yilgi saylovda golib chiqdi.

                                               

Jumhuriya

"JUMHURIYA", "al-Jumhuriya" - MARda chiqadigan kundalik rasmiy gazeta. 1953 y.dan Qohirada arab tilida nashr etiladi. Siyosat sohasida mamlakat hukumatining siyosiy yoliga yaqin yolni targib qiladi. Adadi 1 mln. atrofida.

                                               

Kansler

Kansler - 1) bir qancha davlatlarda oliy mansabdagi shaxs ; 2) Rossiyada 1917 y.gacha - oliy grajdanlik darajasi. Tashki siyosat rahbarlari ga berilgan.

                                               

Davlat departamenti

Amerika Qoshma Shtatlari davlat departamenti - AQShda tashqi ishlar vazirligi vazifalarini bajaruvchi tashqi siyosat mahkamasi. Departamentlar ichida Amerika Qoshma Shtatlari davlat departamenti birinchi orinda turadi. Uni davlat kotibi boshqaradi. U prezident va vitse-prezidentdan keyingi mansabdor shaxs hisoblanadi.

                                               

Gegemonlik

Gegemonlik - hukmron bolishga, boshqa mamlakatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilishga intilishga asoslangan siyosat. G. - davlatlar va xalqdar teng hukuqligining bevosita aksi, xalqaro munosabatlarda qaror topishi lozim bolgan idealning qaramaqarshisidir. Ozbekiston oz siyosatida G. ning har qanday korinishlaridan voz kechish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan tengma-teng munosabatda bolish tarafdoridir.

                                               

Gandamak shartnomasi

Gandamak shartnomasi - 1879 y. 26 mayda Kobul yaqinidagi Gandamak qishlogida Angliya bilan Afgoniston ortasida tuzilgan tinchlik shartnomasi. G. sh.ni Afgoniston amiri Yoqubxon bilan Buyuk Britaniya hukumatining vakili Lui Kavanyari imzolagan. G. sh.ga muvofiq, Afgoniston tashqi siyosat masalasida mustaqil harakat qilishdan mahrum boldi; hukumatning ichki siyosatini Britaniyaning Afgonistondagi elchisi belgilaydigan bolib qoldi. Bundan tashqari Qandahor shahri, Qurram, Sibi, Pishin viloyatlari ingliz hukmronligi ostiga otdi. Xaybar va Michin dovonlarida inglizlar nazorati ornatildi.

                                               

Yoshga doir cheklovlar

Yoshga doir cheklovlar - Ommaviy axborot vositalari, asosan, badiiy filmlar, internet materiallari, hikoyalar, korsatuvlar, kompyuter oyinlari va shunga oxshash narsalarning istemolchi yoshiga qarab belgilanadigan siyosat. Bu narsa koplab Yevropa davlatlarida, shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda qollaniladi.

                                               

Katta oyin (siyosat)

Buyuk oyin - 1813-1907-yillarda Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi ortasida Markaziy Osiyoni egallab olish uchun geosiyosiy raqobat. "Buyuk oyin" termini ilik bor Britaniya maxsus xizmatlari ofitseri Artur Konnoli Artur Konnoli 1842-yilning 17-iyun kuni Buxoroda qatl etilgan tomonidan aytilgan. Ushbu terminning keng kolamda ishlatilishida Ingliz yozuvchisi Redyarda Kiplingning hissasi katta, u "Kim" nomli romanida ushbu terminni keng tarzda qollagan.

                                               

Burhoniddin xoja ibn Ahmad xoja

Burhoniddin xoja ibn Ahmad xoja - Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. B. x. Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qolga olib, mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qoshin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan song Qashqar, Yorkent va Xotan sh.larini egallashgan. B. x. Badaxshon hokimi Sulton shohhimoyasiga qochgan, biroq Sulton shoh manjurlar tazyiqi ostida uni oddirishga majbur boladi. Ogli va xotini Bejin ga olib ketiladi. B. x.ning Sayid Muhammad xoja ismli yolgiz ogli Orta Osiyoda manjurlar ta ...

                                               

Diplomatik yozishma

Diplomatik yozishma - turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar majmui. Davlatlar ortasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar ortasida yozishma tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliklari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan yolga qoyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot agentlarining xa ...

                                               

Istiqlol

Istiqlol - inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. "I." sozi "mustaqillik" soziningozagi hisoblanadi va unga nisbatan bir-lamchi asos vazifasini otaydi. Arab tilidan kirib kelgan bu sozlar asrlar davomida qollanib, ozbek xalqi tafakkuriga singib ketgan. Mustaqillikka erishish I.ning tola manoda vokelikka aylangani, yani boshqalarga tobe bolmay, oz erki bilan yashash, ozi-ni-ozi boshqarish va oz taqdirini ozi belgilash kabi tamoyillarning tola amalga oshganini bildiradi. I., asosan, siyosiy jihatdan erkin bolishni anglatadi, mustaqillik - barcha s ...

                                               

Burgutali Rapigaliyev

Burgutali Rapigaliyevich Rapigaliyev - ozbek davlat va siyosat arbobi. 1992-yil 4-yanvardan 1996-yil 6-noyabrgacha Namangan viloyati hokimi.

                                               

Berdibek Saparbayev

Berdibek Mashbekovich Saparbayev - Qozogistonning davlat va siyosat arbobi, Jambil viloyati hokimi, iqtisod fanlari doktori.

                                               

Qirgiziston - Turkiya munosabatlari

Pan-turkiy birdamlik Turkiyani Qirgiziston bilan aloqalarini kengaytirishga undadi. Keyinchalik, Turkiya Qirgiziston bilan koplab madaniy, iqtisodiy va texnik yordam shartnomalarini tuzdi va uning asosiy azolari Eron, Pokiston va Turkiya bolgan mintaqaviy savdo shartnomasi bolgan ECOga toliq azo bolishiga homiylik qildi. Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgandan song, Turkiyaning tashqi siyosati Markaziy Osiyodagi turli xil turkiyzabon davlatlar bilan kelishuvga erishishga bogliq edi. Turkiya tezda yangi mustaqil bolgan Qirgiziston hukumat rahbarlari bilan diplomatik almashinuvlarni yolga qoyd ...

                                               

Durbek Ahmedov

Durbek Qudratillayevich Ahmedov - Toshkent davlat iqtisodiy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi ozbek professori. 2017-yil 27-iyuldan boshlab Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati.

                                     

ⓘ Siyosat

Siyosat - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida kopincha hukumat faoliyati tushuniladi. siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar ortasidagi munosabatlar bilan bogliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng manoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yonalishlarini ozida ifoda etadi. Shunga kora adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat korinishlarini boshqaruvda kuzatish mumkin.

Qadimda siyosatga jamiyat va shahardavlat polisni boshqarish togrisidagi fan Platon va Aristotel sifatida karalgan bolsa, hozirgi vaqtda siyosat deganda davlatni boshkarishning vazifa va maksadlari hamda bu maksadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy siyosat odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.

Siyosat oz tasir etish obyektiga kora 2 ga: ichki va tashqi siyosatga bolinadi. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi. Shu tarzda iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, milliy siyosat, demografik siyosat, agrar siyosat, texnikaviy siyosat, ekologik siyosat, madaniy siyosat, kadrlar siyosati, harbiy siyosat va boshqa yonalishlarda namoyon boladi. Siyosat subyektlari orqali ham ifodalanadi. Masalan, davlat siyosati, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari siyosati va h.k.

Siyosatni tushunishga turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsional-tanqidiy yonalishlarda siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustuvor yonalishini belgilashsa muayyan ijtimoiy qatlam proletariat manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat bolgan. Bunday yondoshuv siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keldi va inson siyosatning passiv obyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, balki siyosat inson bilan shugullana boshladi. Oxir oqibatda siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafkuralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliy-manaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid bolgan mano kasb etdi. Siyosat "boshqarish sanati"ga emas, aksincha, zorlik, taqib etish vositasiga aylandi. Davlat boshqaruvida manfaatlar uygunligi buzildi. Siyosiy hayotda "davlat - jamiyat - inson" munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun bolib qoldi.

Mustaqillik tufayli Ozbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha mano va mazmun kasb eta boshladi. Bu siyosat, avvalo, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanmoqda. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy institutlar faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga rioya qilinishi, ularga kora inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu hol bugungi Ozbekiston olib borayotgan siyosatning asosiy mohiyatini, uning insonparvar siyosat ekanligini belgilaydi.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →